Restoran, kafe va choyxonalar uchun

Menyu stolda, buyurtma — bir zumda

Mehmon stoldagi QR kodni skanerlaydi, menyuni o'z tilida ko'radi va buyurtma beradi. Siz va ofitsiantlar uni darhol ekranda va telefonda ko'rasiz — qog'oz menyu, kutish va adashishlarsiz.

  • Mehmonga ilova shart emas
  • O'zbek, rus va ingliz tillarida
  • Bir kunda ishga tushadi
3 tilda menyu Real vaqtda buyurtmalar Android ilova Chek printeri Hisobotlar

Uch qadamda ishga tushiring

1

Ro'yxatdan o'ting

Restoran nomi va login bilan ariza qoldiring. Tekshirib, hisobingizni faollashtiramiz.

2

Menyu va stollarni qo'shing

Taomlarni o'zingiz kiriting yoki tayyor katalogdan rasmlari bilan tanlang. Har bir stol uchun QR kod avtomatik yaratiladi — chop eting va stolga qo'ying.

3

Buyurtmalarni qabul qiling

Mehmon skanerlab buyurtma beradi, ofitsiantni chaqiradi yoki hisob so'raydi. Siz hammasini real vaqtda ko'rasiz.

Restoranga kerak bo'lgan hamma narsa

Mehmon menyusidan tortib smenani yopishgacha — bitta tizimda.

QR menyu 3 tilda

Rasmli, qulay menyu o'zbek, rus va ingliz tillarida. Mehmon hech narsa o'rnatmaydi — kamera kifoya.

Ofitsiantni chaqirish

«Ofitsiant» va «Hisob» tugmalari: chaqiruv ofitsiant telefoniga ovozli signal bilan boradi.

Real vaqtda buyurtmalar

Buyurtmalar taxtasi: yangi, tayyorlanmoqda, berildi. Bitta stolda — bitta umumiy hisob.

Ofitsiantlar uchun ilova

Android ilova: buyurtma kiritish, smena rejimi, internet uzilsa qoralama — aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi.

Porsiya, qo'shimcha va kilo

0.5 va 1 porsiya, «piyozsiz», «+pishloq», kilolab sotiladigan shashlik va baliq — tortilgach aniq hisob.

Chek printeri

Hisob va Z-hisobotni Bluetooth chek printerida yoki oddiy printerda chop eting.

Hisobotlar va Z-hisobot

Kunlik tushum, eng ko'p sotilganlar, joylar va xodimlar kesimi, smenani yopish.

Xodimlar nazorati

Ofitsiantlarni qo'shing va kuzating: kim nima kiritgani, chaqiruvga qancha vaqtda kelgani — faoliyat jurnalida.

Stop-list va ombor

Tugagan taomni bir bosishda yashiring, qoldiqni hisoblang. Xizmat haqi foizi avtomatik qo'shiladi.

Oddiy va tushunarli narx

Barcha imkoniyatlar har bir tarifga kiradi.

Ko'p beriladigan savollar

Yo'q. Telefon kamerasi bilan QR kodni skanerlash kifoya — menyu brauzerda ochiladi.

Ofitsiant ilovasi menyu va buyurtmalarni eslab qoladi, yangi buyurtmani qoralamaga saqlaydi va aloqa tiklanishi bilan avtomatik yuboradi.

Tayyor katalogdan taomlarni rasmlari bilan tanlab, faqat narxini yozasiz. O'z taomlaringizni ham rasm bilan qo'shish mumkin.

Boshqaruv paneli istalgan kompyuter, planshet yoki telefon brauzerida, ofitsiantlar uchun — Android ilova.

Oylik obuna asosida. Batafsil ma'lumot uchun Telegram yoki telefon orqali bog'laning.